Daryo

“Liverpul” Muhammad Saloh o‘rniga 200 mln yevroga futbolchi sotib oladi

Ayni paytda mersisaydliklar skautlari “Bavariya” vingerining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 100 ko‘rishlar0 izoh0

Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Maykl Olise faoliyatini Angliya Premyer Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik vingerga “Liverpul” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbada yozilishicha, mersisaydliklar kelajagi noaniq bo‘lib turgan Muhammad Saloh uchun munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Ayni paytda “Liverpul” skautlari “Bavariya” futbolchisining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqmoqda. Agar nemis klubi uni sotishga qaror qilsa, “qizillar” Maykl uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor ekanligi aytilmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, Olise ushbu pozitsiya uchun ideal nomzod hisoblanadi hamda u o‘ziga sarflangan har bir yevroni oqlay oladi.

“Bavariya” vingerni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas, chunki 23 yoshli fransuz futbolchisi jamoaning muhim a’zosi hisoblanadi. Ammo 200 million yevrolik narx nemislarni o‘ylab ko‘rishga majburlashi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, Angliya Premyer Ligasida o‘ynash istagi futbolchining rejalariga ham ta’sir o‘tkazishi aytildi.

Ma’lumot uchun, Maykl Olise joriy mavsum “Bavariya” safida jami 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchi 2024-yilning yozidan beri “nemis mashinasi” sharafini himoya qilib keladi. Uning klub bilan shartnomasi 2029-yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali fransiyalik vingerning qiymatini 130 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar