2026-yilgi Jahon chempionati qur’asi oldidan savatlar deyarli shakllanib bo‘ldi. Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan terma jamoalar 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan qur’aga qadar yuqoriroq savatlardan joy olishni istamoqda. Chunki nazariy jihatdan yuqori savat — nisbatan qulayroq guruh degani.
Quyida hozircha yo‘llanma olgan 42 jamoa va ularning FIFA reytingiga ko‘ra qaysi savatdan joy olishi mumkinligi keltirilgan. Mundial boshlanishiga qadar yana 22 ta jamoa 6 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi: Yevropa qitasi uchun 4 ta yo‘llanma, qit’alararo saralash bosqichi uchun 2ta yo‘llanma.
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati qur’asi uchun savatlarni qanday belgilaydi?
Savatlar FIFA reytingi asosida shakllanadi: reyting qanchalik yuqori bo‘lsa, jamoa shunchalik yuqori savatga joylashtiriladi. Yangi 20-noyabr kuni reyting e’lon qilingan va 5-dekabrgacha qayta yangilanmaydi. Shu sababli qur’a aynan shu reytingga tayanadi.
Shuningdek, hali rasmiy tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, pley-off orqali yo‘llanma oladigan oltita jamoaning reytingdan qat’i nazar 4-savatga joylashtirilishi kutilyapti. Bu esa kuchli guruhlar paydo bo‘lishi ehtimolini oshiradi.
Agar FIFA aylanma yo‘llar orqali mundial chiptasini qo‘lga kiritgan jamoalarni 4-javatchaga joylashtirsa, jamoalar qaysi savatda bo‘ladi?
1-savat (12 jamoa)
Ispaniya
Argentina
Fransiya
Angliya
Braziliya
Portugaliya
Niderlandiya
Belgiya
Germaniya
AQSH (mezbon)
Meksika (mezbon)
Kanada (mezbon)
2-savat (12 jamoa)
Xorvatiya
Marokash
Kolumbiya
Urugvay
Shveysariya
Yaponiya
Senegal
Eron
Janubiy Koreya
Ekvador
Avstriya
Avstraliya
3-savat (12 jamoa)
Norvegiya
Panama
Misr
Jazoir
Shotlandiya
Paragvay
Tunis
Kot-d’Ivuar
O‘zbekiston
Qatar
Saudiya Arabistoni
Janubiy Afrika
4-savat (12 jamoa)
Iordaniya
Kabo-Verde
Gana
Kyurasao
Gaiti
Yangi Zelandiya
UEFA pley-off g‘olibi 1
UEFA pley-off g‘olibi 2
UEFA pley-off g‘olibi 3
UEFA pley-off g‘olibi 4
Qit’alararo pley-off g‘olibi 1
Qit’alararo pley-off g‘olibi 2
U holda Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 3-savatchadan o‘rin oladi.








