Daryo

Pokistondagi zavodda portlash: 15 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

Qurbonlar orasida bolalar ham bor. Zavod menejeri hibsga olingan, biroq portlashdan so‘ng qochib ketgan zavod egasi qidirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 766 ko‘rishlar0 izoh0

Pokistondagi yelim ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan portlashda kamida 16 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohatlandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Portlash zavod binosini qulatib, yaqin atrofdagi uylarda ham yong‘in chiqishiga sabab bo‘lgan. Hodisa 21-noyabr kuni Panjob viloyatining Lahor shahrida yuz bergan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, portlashga zavodning kimyoviy omborida yuzaga kelgan gaz sizishi sabab bo‘lgan. Rasmiylar zavod menejerini hibsga oldi, biroq hodisadan so‘ng qochib ketgan korxona egasini qidirish ishlari davom etmoqda.

Portlash oqibatida kamida uchta uyda yong‘in chiqqan. Halok bo‘lganlarning aksariyati qo‘shni uylarda yashovchilar, jumladan, olti nafar bola bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni qidirib, chiqarib olish ishlarini olib bormoqda. Jarohatlangan yetti kishi yaqin shifoxonada davolanmoqda.

Pokistonda zavodlardagi yong‘in va portlashlar kam uchraydigan holat emas. 2024-yilda Fayzaloboddagi to‘qimachilik fabrikasida yuz bergan portlash 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. O‘tgan hafta Karachidagi petarda ishlab chiqaruvchi zavoddagi portlashda esa 4 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohatlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar