Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 21-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 3,74 so‘mga oshib, 11 914,67 so‘m bo‘ldi;
- yevro 49,29 so‘mga tushib, 13 735,23 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,78 so‘mga oshib, 148,27 so‘mni tashkil etdi.

Bundan avval dollar kursi ketma-ket 3 kun pastlab, 11 910,93 so‘m bo‘lgandi.








