Daryo

AQSH Hindistonga 93 mln dollarlik qurol-yarog‘ yetkazib beradi

Mamlakat Dehliga Excalibur boshqariladigan snaryadlari va Javelin tankka qarshi boshqariladigan raketa tizimlari yetkazib berilishini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qish2 078 ko‘rishlar0 izoh1

AQSH Hindistonga taxminiy qiymati 93 million dollarga teng bo‘lgan ikkita yirik harbiy savdo paketini ma’qulladi. Endilikda Dehliga FGM-148 Javelin tankga qarshi raketa tizimlari va M982A1 Excalibur boshqariladigan snaryadlari yetkazib beriladi. Bu haqda The Economic Times xabar berdi.

Mudofaa xavfsizligi hamkorlik agentligi (DSCA) ushbu shartnomalar to‘g‘risida AQSH Kongressini xabardor qilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, paketga quyidagilar kiritilgan:

  • Excalibur snaryadlari va tegishli jihozlar: 47,1 million dollar;
  • Javelin raketa tizimlari va qo‘shimcha uskunalar: 45,7 million dollar.

Savdo Hindiston bilan strategik munosabatlarni mustahkamlaydi

DSCA o‘z bayonotida ushbu bitim AQSH tashqi siyosati va milliy xavfsizlik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan.

“Ushbu taklif etilayotgan savdo AQSH—Hindiston strategik munosabatlarini mustahkamlash va Hind-Tinch okeani hamda Janubiy Osiyo mintaqalarida siyosiy barqarorlik, tinchlik va iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim kuch bo‘lib qolayotgan yirik mudofaa hamkorimiz xavfsizligini yaxshilashga yordam beradi”, deyiladi Agentlik xabarida.

Shuningdek, DSCA savdo mintaqadagi asosiy harbiy muvozanatni o‘zgartirmasligini qo‘shimcha qilgan. DSCA Hindiston 216 donagacha M982A1 Excalibur taktik snaryadlarini sotib olishni so‘raganini qayd etgan. Bosh pudratchi sifatida Virjiniya shtatining Arlingron shahrida joylashgan RTX Corporation kompaniyasi belgilangan.

AQSH hukumatining ma’lum qilishicha, ushbu bitim Vashingtonning Dehli bilan mudofaa aloqalarini chuqurlashtirish bo‘yicha strategik maqsadiga mos keladi. Chunki Hindiston o‘z kuchlarini modernizatsiya qilishda va uzoq masofali aniq zarba berish qobiliyatini kengaytirishda davom etmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar