Daryo

O‘zbekistonda jami ko‘zi ojizlar soni ma’lum bo‘ldi

Mamlakat bo‘ylab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi 3 171 nafar o‘quvchi 17 ta maxsus maktabda tahsil olmoqda.

2 daqiqa o‘qish2 794 ko‘rishlar0 izoh1

O‘zbekistonda 2025-yil 1-noyabr holatiga respublika bo‘yicha jami ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 25 558 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

13-noyabr — Butunjahon ko‘zi ojizlar huquqlarini himoya qilish kuni. Har yili 13-noyabr kuni dunyo miqyosida ko‘zi ojiz insonlarning huquqlarini himoya qilish kuni sifatida nishonlanadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mustaqil yashashi, ta’lim olishi, mehnat faoliyatida ishtirok etishi va ijtimoiy hayotga to‘laqonli qo‘shilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Xususan, 340 ta ijtimoiy, aholiga xizmat ko‘rsatish va tijorat obyektlarida to‘siqsiz muhit yaratilib, taktil qoplamalar o‘rnatildi. Barcha hududlarda 18 ta gavjum chorrahalarda hamda qo‘shimcha 753 ta svetoforlar ovozli signal qurilmalari bilan jihozlandi.

Respublika bo‘ylab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi 3 171 o‘quvchilar 17 ta maxsus maktabda tahsil olmoqda. 2025-yilning o‘tgan 10 oyi davomida ko‘z bo‘yicha jami 7 756 nafar muhtoj shaxslar quyidagi reabilitatsiya vosilalari bilan imtiyozli ta’minlangan:

  • ko‘z olmasi protezi (115 ta);
  • ko‘zi ojizlar hassasi (4 835 ta);
  • brayl alifbosi (101 ta);
  • brayl alifbosi uchun yozuv moslamasi (111 ta);
  • ovozli tonometr (3 588 ta);
  • ovozli termometr (3 243 ta);
  • ovozli glyukometr (162 ta).

Shuningdek, ko‘z bo‘yicha nogironligi bo‘lgan 13472 nafar fuqaro adaptiv sportning shaxmat, shashka, golbol, 5x5 futbol va boshqa sport turlari bn shug‘ullanib kelmoqda.

O‘zbekistonda 2025-yilning 6 oyida 34,7 ming nafar shaxs sog‘lomlashtirilgani haqida xabar berilgandi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 125,7 foizga ko‘pdir (2024-yilda 27,6 ming nafar).

27,7 ming nafar fuqaro yo‘llanma asosida, yana 7 ming nafari esa pulli asosda sanatoriy xizmatlaridan foydalangan. Yo‘llanma asosida sog‘lomlashtirilganlar soni 2024-yilga nisbatan 138,3 foizga oshgan.

Sog‘lomlashtirilgan fuqarolar tarkibiga asosan esa ularning 17,3 ming nafari (62,6 foiz) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 9,1 ming nafari (33,1 foiz) yoshga doir pensiya oluvchilar, 642 nafari (2,3 foiz) yolg‘iz keksa va o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar, 561 nafari (2 foiz) boshqa toifadagi fuqarolarni tashkil etdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar