Daryo

Pep Gvardiola o‘ziga xos natija qayd etdi

“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining navbatdagi turida “Liverpul”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur bellashuv “shaharliklar” ustozi uchun tarixiy o‘yinga aylandi.

1 daqiqa o‘qish1 864 ko‘rishlar0 izoh7

“Manchester Siti” 9-noyabr, yakshanba kuni Angliya Premyer Ligasining 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Liverpul”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu uchrashuv “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. 54 yoshli ispaniyalik mutaxassis shundan 550 tasini “Manchester Siti”, 161 tasini “Bavariya”, 247 tasini “Barselona” va 42 tasini “Barselona B” jamoalari bilan o‘tkazgan.

Shuni ham qo‘shimcha qilish kerakki, Gvardiola hozirgi kunga qadar o‘tkazgan 1000 uchrashuvning 716 tasida g‘alaba qozongan, 156 ta o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, yana 128 ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan.

Ispaniyalik mutaxassis faoliyati davomida “Barselona” bilan uch marta Ispaniya chempioni, ikki marta mamlakat kubogi va uch bor Superkubok sohibiga aylangan. Shuningdek, kataloniyaliklar bilan ikki marta Chempionlar Ligasida, UEFA Superkubogida va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Gvardiola “Bavariya” bilan uch marta Germaniya chempionligini, ikki bor mamlakat kubogini, shuningdek UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchgan.

“Manchester Siti” bilan esa olti marta Angliya chempioniga aylangan, ikki marta Angliya kubogini, to‘rt bor liga kubogini va uch marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, “shaharliklar” bilan Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham g‘alaba qozongan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar