Daryo

“Tolibon” Pokistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri urush bilan tahdid qildi

Afg‘oniston chegara ishlari vaziri Islomobodni ogohlantirib, afg‘on xalqining sabrini sinamaslikka va harbiy texnologiyalarga haddan tashqari ishonmaslikka chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish3 745 ko‘rishlar0 izoh1

Afg‘onistonning “Tolibon” hukumati chegara ishlari vaziri Nurulloh Nuriy Pokistonga to‘liq va to‘g‘ridan to‘g‘ri urush boshlash bilan tahdid qildi. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

Nuriy Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asifga murojaat qilib, shunday dedi:

“Afg‘on xalqining sabrini sinamang va harbiy texnologiyangizga haddan tashqari ishonmang”.

Nuriyning aytishicha, Pokiston Afg‘onistonda AQSH va Rossiyaning boshiga tushgan holatdan saboq olishi kerak.

“Siz haqiqatan ham keksalar va yoshlar ortingizdan ergashishiga ishonasizmi?” degan Nuriy.

“Tolibon” vazirining so‘zlariga ko‘ra, Pokiston AQSH va Rossiyadan farqli o‘laroq, Afg‘onistondan uzoq emas — ikkala tomon Panjob va Sind orqali bog‘langan. Bu bayonotlar “Tolibon” Peshavorni Afg‘oniston hududining bir qismi deb hisoblashini ko‘rsatmoqda.

Bu tahdid Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Tolibon” va Pokiston muzokaralari chog‘ida yangramoqda. Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asifning aytishicha, Turkiyadagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan va hozircha yangi muzokara raundini belgilash rejalashtirilmayapti.

“Bizning natijasiz qaytishimiz — hatto vositachilar ham ‘Tolibon’dan umid uzganining belgisi”, degan Asif.

Asifning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” delegatsiyasi og‘zaki ishonch talab qilgan, ammo kelishuvlarni yozma ravishda rasmiylashtirishdan bosh tortgan. U esa xalqaro darajadagi muzokaralarda barcha bitimlar rasman hujjatlashtirilishi shartligini eslatgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar