Daryo

Qirol qaytmoqda: Maykl Jekson haqidagi biografik filmning ilk tizeri e’lon qilindi (video)

Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, film aktyorlari orasida Nia Long, Mayls Teller va Laura Xerrier ham bor. Ular Jekson hayotidagi muhim insonlar — oila a’zolari, prodyuserlar va do‘stlari rolini ijro etadi.

1 daqiqa o‘qish8 632 ko‘rishlar0 izoh2

Pop musiqa afsonasi Maykl Jekson muxlislari uchun kutilgan lahza nihoyat yetib keldi. Lionsgate kinokompaniyasi pop-musiqa afsonasining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Maykl” nomli biografik filmning birinchi tizerini taqdim etdi. Film Jeksonning murakkab, shu bilan birga, ilhomlantiruvchi hayot yo‘lini, uning musiqiy musiqiy merosini va hayotiy sinovlarini yoritib beradi.

Bosh rolni san’atkorning jiyani Ja’far Jekson ijro etmoqda. Ja’far — Mayklning akasi Jermein Jeksonning o‘g‘li bo‘lib, u bolaligidan musiqaga qiziqqan va sahna madaniyatini o‘z oilasidan o‘rgangan. Film jamoasining ta’kidlashicha, Ja’far Jekson nafaqat tashqi o‘xshashligi, balki harakati, ovoz tembri va sahnadagi energiyasi bilan ham mashhur amakisining qiyofasini hayratlanarli darajada o‘xshash tarzda gavdalantirgan.

Foto: Peopletalk

Filmni rejissyor Antuan Fukua suratga olmoqda. Ilgari u “Adolat tarafdori” (“The Equalizer”) filmi bilan tanilgan. Ssenariy muallifi esa uch karra “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan Jon Logan bo‘lib, u “Gladiator” va “Aviator” kabi loyihalarda ishlagan.

“Maykl” biografik filmida Jeksonning bolalik yillaridan boshlab “The Jackson 5” tarkibidagi dastlabki muvaffaqiyatlari, so‘ngra “Thriller”, “Bad” va “Dangerous” kabi albomlar orqali dunyo miqyosida mashhurlikka erishishi, shuningdek, uning shaxsiy hayotidagi voqealar yoritiladi.

Ayni paytda tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, film aktyorlari orasida Nia Long, Mayls Teller va Laura Xerrier ham bor. Ular Jekson hayotidagi muhim insonlar — oila a’zolari, prodyuserlar va do‘stlari rolini ijro etadi.

“Maykl” filmining premyerasi 2026-yil 24-aprel sanasiga belgilangan. Film Jekson oilasining ruxsati bilan suratga olinmoqda.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar