Daryo

“Eron tinchlik istaydi, kamsitilishni emas” — Pezeshkian

Ma’sud Pezeshkian mamlakat xalqaro qonun-qoidalar asosida muzokaralarga tayyorligini bildirdi, ammo yadro dasturidan majburlangan taqdirda ham voz kechmasligini aytdi.

1 daqiqa o‘qish2 543 ko‘rishlar0 izoh2

Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkian 7-noyabr kuni mamlakat tinchlikni xohlashini, lekin yadroviy va raketa dasturlaridan bosim ostida voz kechmasligini ta’kidladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp 6-noyabr kuni Eron Vashingtonning mamlakatga qarshi sanksiyalari bekor qilinishi haqida so‘raganini aytgandi.

“Xalqaro qonun-qoidalar doirasida muzokara qilishga tayyormiz. Lekin bizga yadroviy dasturga ega bo‘lmaysan, mamlakatda raketalar bilan himoya qilish huquqi yo‘q va aks holda bizni bombardimon qilamiz deyishsa, biz bunga rozi emasmiz”, degan Pezeshkian.

Eron o‘zining mudofaa qobiliyati, jumladan, raketa dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini va o‘z tuprog‘ida uranni har qanday boyitishdan voz kechish g‘oyasini bir necha bor rad etgan.

“Biz bu dunyoda tinch va xavfsiz yashashni istaymiz, kamsitilishni emas. Ular xohlaganlarini bizga majburlab o‘takaza olmaydi. Ular Isroilga qurol yetkazib beradi, bizga esa mudofaa raketasi yo‘q deydi, keyin esa xohlasa bizni bombardimon qiladi”, degan Pezeshkian.

Tehron va Vashington iyun oyida Eron va Isroil o‘rtasidagi 12 kunlik urushdan oldin besh raund yadroviy muzokara o‘tkazgandi. Isroil Eronni tahdid sifatida ko‘radi, Tehron esa 2 ming kilometr masofagacha yetadigan ballistik raketalarini AQSH, Isroil va boshqa mintaqaviy raqiblarga qarshi muhim vosita sifatida ko‘radi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar