Daryo

Angliyalik futbolchi “Real”ga rad javobini berdi

25 yoshli himoyachi faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishni maqsad qilgan.

1 daqiqa o‘qish2 186 ko‘rishlar0 izoh0

Angliyaning “Kristal Pelas” klubi himoyachisi Mark Gexi Madridning “Real” jamoasiga o‘tmaydi. Bu haqda This is Anfield nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Gexi “Real” vakillariga faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishini bildirgan hamda ularning taklifiga rad javobini bergan. Shu bilan birga, himoyachi mersisaydliklar rahbariyatiga 2026-yil yozida erkin agent sifatida “Liverpul” safiga o‘tmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. “Kristal Pelas” bilan Gexi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladi va futbolchi jamoa bilan yangi kelishuv imzolamaydi.

Yozgi transfer oynasi vaqtida Gexi “Liverpul”ga o‘tishi mumkin edi. Tomonlar 35 million funt sterling evaziga kelishuvga erishgandi, ammo futbolchi London shahridagi “Kristal Pelas” bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan paytda klub rahbari Stiv Parish bitimni bekor qilgan.

Avvalroq OAVlarda “Real”ning Markga jiddiy qiziqish bildirayotgani va uning uchun 30 million yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsum 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalar doirasida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va uchta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar