Daryo

“Real” APL klubi futbolchisi uchun 30 mln yevro to‘lashga tayyor

Gexining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi, biroq “Real” yozgacha kutib o‘tirmoqchi emas. Klub yanvar oyidayoq uni sotib olishni istamoqda.

1 daqiqa o‘qish2 494 ko‘rishlar0 izoh0

Madridning “Real” klubi qishki transfer oynasida “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexini sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Real Madrid Confidencial nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” 24 yoshli ingliz futbolchi uchun 30-35 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Gexining “Kristal Pelas” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi, biroq “Real” yozgacha kutib o‘tirmoqchi emas. Klub yanvar oyidayoq uni sotib olishni istamoqda.

Yozda Mark “Liverpul”ga o‘tishi mumkin edi. Ammo so‘nggi daqiqalarda transfer amalga oshmay qoldi. Ammo mersisaydliklar mavsum yakunida yana Gexini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rmoqchi. Shuningdek, “Bavariya” hamda “Barselona” ham futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

“Kristal Pelas” ustozi Oliver Glasner himoyachi yangi shartnoma imzolamasligini ochiq aytdi. Shu bois uning jamoadan ketish ehtimoli yuqori.

Hozirda ushbu jamoalar orasida asosiy da’vogar “Real Madrid” bo‘lib turibdi. Chunki Raul Asensio barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti, Ryudiger esa jarohatlar ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda. Alaba ham so‘nggi yillarda jarohatlar ortidan o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmayapti. Avstriyalik futbolchining “qirollik klubi” bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shuning uchun “Real” imkon qadar tezroq markaziy himoyachi sotib olishni istamoqda.

Mark Gexi joriy mavsumda “Kristal Pelas” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 gol va 2 golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali uning qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar