Daryo

O‘zbek boksi qanday qilib korrupsiyani yengdi?

O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunovning aytishicha, respublika chempionatlariga xorijlik hakamlar taklif etilishi tizimdagi korrupsiyani deyarli yo‘q qilgan. Natijada, o‘zbekistonlik bokschilar xalqaro maydonlarda tobora ko‘proq medal qo‘lga kiritmoqda

1 daqiqa o‘qish3 534 ko‘rishlar0 izoh6

O‘zbekiston boks terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunov mamlakat chempionatlarida hakamlik tizimi qanday tashkil etilishi hamda bu korrupsiyani yengishga qanday yordam bergani haqida gapirdi.

“Bizning federatsiya respublika chempionatiga barcha hakamlarni xorijdan taklif qilishga qaror qilgan. Agar adashmasam, bu tizimni uch-to‘rt yildan beri davom ettiryapmiz. Hakamlarning chipta, mehmonxona va mehnat haqlarini to‘lab beramiz”, dedi Ro‘ziohunov.

“Demak, korrupsiya deyarli yo‘q, to‘g‘rimi?”, degan savolga Ro‘ziohunov quyidagicha javob berdi:

“Ha, to‘g‘ri. Chunki ular o‘z ish haqlarini rasmiy tarzda olishadi. Balki shuning uchun ham biz hozir boksda yetakchimiz. Oxirgi musobaqada o‘nta medaldan oltitasini yutdik”, deya qo‘shimcha qildi Ro‘ziohunov ZBS Podcast dasturida.

Eslatib o‘tamiz, Liverpulda bo‘lib o‘tgan World Boxing jahon chempionatida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoaviy hisobda birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston bokschilari esa 4 ta oltin medal bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar