Daryo

Eron deportatsiya qilingan afg‘onlarga onlayn ta’lim taklif qildi

Ommaviy deportatsiya doirasida 280 mingga yaqin afg‘onistonlik o‘quvchi vataniga qaytdi. Biroq “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonda ularning ta’lim olish imkoniyati cheklangan.

1 daqiqa o‘qish2 623 ko‘rishlar0 izoh1

Eron Ichki ishlar vazirligi vataniga deportatsiya qilingan afg‘on o‘quvchilari uchun onlayn ta’lim dasturini ishga tushirdi. Bu haqda AmuTV xabar berdi.

Hukumat Eronni tark etishga majbur bo‘lgan afg‘on o‘quvchilari uchun onlayn o‘qitishni taklif qilmoqda. Ommaviy deportatsiya kampaniyasi ortidan qariyb 280 ming nafar afg‘on o‘quvchi vataniga qaytgan. Shunga qaramay, 2025-o‘quv yili uchun Eronning davlat ta’lim tizimida 300 mingga yaqin afg‘on ro‘yxatga olingan.

“Hozirgacha o‘quvchilarning yoki ularning oila a’zolarining birortasi ham bu xizmatdan foydalanishni so‘ramagan va taklifni qabul qilmagan”, dedi Xorijiy fuqarolar va muhojirlar ishlari boshqarmasi rahbari Nodir Yarahmadiy.

Dastur hali ham amalda, u deportatsiya siyosati doirasida ko‘plab afg‘onlarning yashash guvohnomalari va ro‘yxatga olish hujjatlari bekor qilingach, ishlab chiqilgan.

Eron — dunyodagi eng ko‘p afg‘on qochqinlari istiqomat qiladigan davlatlardan biri. So‘nggi oylarda mamlakat milliy xavfsizlik va iqtisodiy muammolarni asos qilib, deportatsiyalarni tezlashtirgan. Shu bilan birga, inson huquqlari faollari “Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘onistonga qaytgan bolalar ta’limdan chetda qolishidan xavotirda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar