Daryo

Pentagon Tomahawk raketalarini Ukrainaga berishni ma’qulladi — CNN

Telekanalning qayd etishicha, Urush vazirligi yetkazib berish bo‘yicha yakuniy qarorni AQSH prezidenti Donald Trampning o‘ziga qoldirgan.

1 daqiqa o‘qish1 364 ko‘rishlar0 izoh0

Pentagon uzoq masofaga uchuvchi Tomahawk qanotli raketalarini Ukrainaga yetkazib berishni ma’qulladi. Chunki bu AQSHning o‘q-dori zaxiralariga salbiy ta’sir qilmaydi, deb xabar berdi CNN o‘z manbalariga tayanib.

Telekanalning qayd etishicha, Urush vazirligi yetkazib berish bo‘yicha siyosiy yakuniy qarorni AQSH prezidenti Donald Trampning o‘ziga qoldirgan.

Oktyabr oyining boshida Tramp AQSH Ukrainaga Tomahawk berishi mumkinligini ishora qilgan edi. Biroq 17-oktyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvi chog‘ida Tramp bu raketalarni Kiyevga berishni afzal ko‘rmasligini aytdi.

“Biz o‘z mamlakatimizni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan narsani bermoqchi emasmiz”, degan edi Tramp.

Shunga qaramay, CNN manbalariga ko‘ra, Pentagon Tramp–Zelenskiy uchrashuvidan ancha avval zaxiralarni baholab bo‘lgan va yetkazib berishni ma’qullagan. Bu baho Yevropadagi AQSH ittifoqchilariga umid bergan, deydi Yevropa amaldorlari.

Shu sabab Tramp bir necha kundan keyin pozitsiyasini keskin o‘zgartirganida, Amerika va Yevropa amaldorlari hayron qolgan. Media xabariga ko‘ra, Tramp Zelenskiyga norasmiy tarzda Tomahawklar Kiyevga hozircha berilmasligini aytgan.

Ukraina prezidenti esa Tramp bu borada “aniq yo‘q demadi, lekin hali ha ham demagan”, deb ta’kidlagan.

CNN Tramp pozitsiyasining o‘zgarishini uning 16-oktyabr kuni Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbat qilgani bilan bog‘laydi. Rossiya prezidenti, CNNga ko‘ra, Trampga Ukraina Tomahawk’lardan Moskva yoki Sankt-Peterburgga zarba berish uchun foydalanishi mumkinligini aytgan. Garchi bunday hujumlar front chizig‘idagi vaziyatga sezilarli ta’sir qilmasligi mumkin bo‘lsa-da, Rossiya yetakchisi bunday urinishlar Moskva–Vashington munosabatlariga zarar yetkazishini ta’kidlagan. Kreml Putin Trampga ma’lum ogohlantirishlarni yetkazganini tasdiqlagan.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar