Daryo

Britaniya qiroli o‘z ukasini unvonlardan mahrum qildi

Shahzoda Endryu qirolning qarori bilan unvon va faxriy maqomlardan mahrum qilinadi. Bundan tashqari qirollik qarorgohidan chiqarib yuboriladi.

1 daqiqa o‘qish2 821 ko‘rishlar0 izoh4

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ukasi shahzoda Endryuni unvon va faxriy maqomlardan mahrum qilib, uni qirollik qarorgohidan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Bukingem saroyi bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.

Bayonotda aytilishicha, Endryuga Royal Lodge nomli qarorgohda ijaraga turishdan voz kechish va xususiy uyga ko‘chib o‘tish zarurligi haqida ogohlantirish yuborilgan. Unga nisbatan bosimning kuchayishiga moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqadorlik haqidagi ayblovlar sabab bo‘lgan.

Epshteyn jinsiy jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarni fohishalikka jalb etgani uchun sudlangan. Endryu esa zo‘rlashda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda. Uni, xususan, aprel oyida Avstraliyadagi uyida o‘lik holda topilgan huquq himoyachisi Virjiniya Juffre ayblagan edi.

Avvalroq shahzoda Endryu harbiy unvonlari, xayriya tashkilotlaridagi homiylik maqomlari va “qirollik hazratlari” deb murojaat etish huquqidan mahrum qilingan edi. The Telegraph nashri yozishicha, shahzoda oktyabr o‘rtalarida qirol bosimi ostida York gersogi unvonidan ixtiyoriy ravishda voz kechishga qaror qilgan. 65 yoshli Endryu marhuma qirolicha Yelizaveta II ning ikkinchi o‘g‘li hisoblanadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar