Olimlar Braziliya ko‘rshapalaklarida ilgari noma’lum bo‘lgan yangi koronavirus turini aniqladi. Tadqiqotchilar bu virusni BRZ batCoV deb atadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Virus Pteronotus parnelli deb nomlanuvchi, Lotin Amerikasida keng tarqalgan mayda hasharotxo‘r mo‘ylovli ko‘rshapalaklarda aniqlangan. Namunalarning bir qismi Maranhao va Sao-Paulo shtatlaridagi ko‘rshapalaklarda olingan.
Mutaxassislarning 27-oktyabr kuni e’lon qilingan dastlabki tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu virus betakoronaviruslar oilasiga mansubdir. Ushbu guruhga COVID-19 ni keltirib chiqargan SARS-CoV-2, shuningdek MERS va dastlabki SARS viruslari kiradi.
Yangi topilgan virusning genetik tuzilmasida o‘ziga xos qisqa oqsil zanjiri mavjudligi aniqlangan. Bu tuzilma virusga hayvon yoki inson hujayralariga osonroq kirishga yordam beradi. Ilgari bunday xususiyat Amerikadagi ko‘rshapalaklarda aniqlanmagan, bu esa ularning Janubiy Amerikada mustaqil ravishda shakllanganini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqot Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari — doktor Kosuke Takada va professor Tokiko Vatanabeboshchiligida, Sao Paulo universiteti va Viskonsin-Medison universiteti mutaxassislari hamkorligida olib borilgan. Hozircha yangi topilgan virusning insonlarga yuqishiga oid hech qanday dalil yo‘q.








