Daryo

Netanyaxu Misr razvedkasi rahbari bilan uchrashdi

Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni tiklashni koʻrib chiqmoqda. Uchrashuv Isroildagi bosh vazir idorasida boʻlib oʻtgan.

1 daqiqa o‘qish1 734 ko‘rishlar0 izoh0

Misr razvedkasi rahbari Hasan Rashod 21-oktyabr kuni Quddusda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbatning maqsadi AQSH qo‘llab-quvvatlagan Gʻazo boʻyicha sulhni mustahkamlash boʻlgan.

“Bosh vazir Binyamin Netanyaxu va uning mutaxassislar jamoasi Misr razvedkasi rahbari bilan Quddusdagi bosh vazir idorasida uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida prezident Trampning rejasini ilgari surish, Isroil–Misr munosabatlarini mustahkamlash, ikki mamlakat o‘rtasidagi tinchlikni yanada rivojlantirish hamda boshqa mintaqaviy masalalar muhokama qilindi”, deyiladi bayonotda.

Gap AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan, dastlabki sulhni o‘z ichiga olgan G‘azo bo‘yicha “yo‘l xaritasi” haqida ketmoqda. Misrning davlatga yaqin Extra News nashrining xabar berishicha, Rashod Isroilda bo‘lib turgan AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan ham uchrashadi. Rashodning Quddusga safari Isroil va HAMAS o‘rtasida e’lon qilingan sulh boshlanganiga bir haftadan ortiq vaqt o‘tgan paytga to‘g‘ri keldi.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi deklaratsiya

Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida 13-oktyabr kuni 20 dan ortiq dunyo yetakchilari ishtirokida xalqaro “tinchlik sammiti” bo‘lib o‘tdi. Unda G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi.

Vositachi davlatlar hisoblangan Misr, Qatar, Turkiya, AQSH Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvni rasman tasdiqlovchi hujjatni imzoladi. To‘rt davlat kelishuvlarga rioya etilishining kafillari bo‘lishga rozilik bildirdi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar