Daryo

Nyu Yorkdagi 102 qavatli osmono‘par bino nuray boshladi

Bino balandligi 425,5 metrni tashkil etadi. Xonadon sotib olganlar orasida qo‘shiqchi Jennifer Lopes va xitoylik biznesmen Ye Tszyanmin ham bor.

1 daqiqa o‘qish2 472 ko‘rishlar0 izoh4

Nyu York markazida 2015-yilda qurilgan 102 qavatli osmono‘par bino nuray boshladi. Binoning tashqi fasadida ko‘plab yoriqlar va boʻshliqlar paydo bo‘lgan, ichkarida esa vaqti-vaqti bilan liftlar buzilib, suv sizib chiqmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Bunga sabab quruvchi Garri Maklou talab qilgan fasadning oq rangi bo‘lishi mumkin. Beton aralashmasining o‘zgartirilgan tarkibi binoning mustahkamligini zaiflashtirgani ehtimoli bor. Bu boradagi xavotirlar qurilish boshlanishidan oldin ham bildirilgan.

Qurilish muhandisi Stiv Bonjornoning ta’kidlashicha, shikastlanishlar dastlab ko‘zda tutilmagan ortiqcha oʻgʻirlikdan dalolat beradi. “To‘qqiz xonali summa”ga tushishi mumkin bo‘lgan ta’mirlashsiz bino yashash uchun yaroqsiz yoki piyodalar uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin.

Binoda yashovchilar 2017-yildayoq suv sizib chiqishi, chiqindilar quvuri orqali keladigan kuchli shovqin, past energiya samaradorligi va boshqa muammolar haqida shikoyat qila boshlagan. 2021-yilda ular birinchi sud da’vosini topshirgan, keyinchalik esa 165 million dollarlik kompensatsiya talab qilgan.

Bino balandligi 425,5 metr bo‘lib, u Park Avenue, 432 manzilida joylashgan. Bu osmono‘par bino Manxettendagi eng taniqli “qalam shaklidagi” binolardan biriga aylangan. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda xonadon sotib olganlar orasida qo‘shiqchi Jennifer Lopes va xitoylik biznesmen Ye Tszyanmin ham bor.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar