Rossiya barcha sohalarda Eron bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor. Bu haqda 20-oktyabr kuni Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskovning aytishicha, Moskva va Tehron o‘rtasidagi aloqalar juda dinamik rivojlanmoqda. U, shuningdek, Rossiya Eronga nisbatan yadroviy dastur borasida G‘arb davlatlari, xususan, Yevropa tomonidan haddan tashqari bosim o‘tkazilayotganini ta’kidlagan.
“Rossiya Eron bilan barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga, albatta, tayyor. Eron bizning hamkorimiz va munosabatlarimiz dinamik ravishda rivojlanmoqda”, degan u.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin vakili Eron Oliy milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijani bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Larijani bundan bir necha kun oldin Putinga Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning shaxsiy xatini topshirgan edi.
Rossiya va Eron yanvar oyida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan. Ushbu hujjatda mudofaa bandi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa-da, Moskva Tehronga qonuniy ravishda harbiy texnika yetkazib berayotganini, Eron esa Rossiyaga Ukrainadagi urushda foydalanish uchun dronlar berganini tan olgan.
Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi sentyabr oyida Eron bilan qiymati 25 milliard dollarga teng kelishuv imzolagan. Unga ko‘ra, Eron hududida to‘rtta yangi atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Mamlakatda hozirda faqat bitta — Bushehr shahridagi atom elektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. Uni ham Rossiya qurib bergan.








