Daryo

Ispaniya shahrida qora mushuk boqib olish taqiqlandi

Taqiq “vaqtinchalik va favqulodda” ekani maʻlum qilinib, sababi ochiqlandi. Terrassa shahrida 9800 dan ortiq mushuk yashaydi.

1 daqiqa o‘qish3 137 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning Terrassa shahrida qora mushuklarni asrab olish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mahalliy hayvonlarni himoya qilish xizmatiga koʻra, 6-oktyabrdan 10-noyabrgacha mushuklarni vaqtinchalik parvarishlash yoki asrab olish bo‘yicha barcha murojaatlar rad etiladi. Bu ularni Hellouin bayramida zarar yetkazish yoki atribut sifatida ishlatilishdan himoya qilishga qaratilgan.

Shahar meri o‘rinbosari Noel Dyuk qora mushuklarni asrab olish uchun murojaatlar odatda Hellouin arafasida ko‘payishini aytdi.

  •  G‘arb madaniyatida qora mushuklar ko‘pincha sehr-jodu bilan bog‘lanadi va baxtsizlik ramzi sifatida qaraladi. Biroq ayrim madaniyatlarda — masalan, Yaponiya va Misrda — ular baxt va farovonlik ramzi sifatida e’tirof etiladi.

Terrassa shahar kengashi ta’kidlashicha, hozirgacha shaharda qora mushuklarga nisbatan shafqatsizlik holatlari qayd etilmagan, biroq boshqa hududlarda bunday voqealar kuzatilgan.

“Biz odamlarning mushuklarni faqat urf bo‘lgani uchun yoki o‘ylamasdan asrab olishlarining oldini olishga harakat qilyapmiz. Bunday holatlarda har qanday vahshiyona amaliyotlarning oldini olish zarur”, dedi Dyuk.

Terrassada 9800 dan ortiq mushuk yashaydi. Shahardagi asrab olish markazida 100 ga yaqin mushuk bor, ulardan 12 tasi qora rangda.

Shahar kengashi ushbu chora “vaqtinchalik va favqulodda” ekanini va hayvonlar farovonligini ta’minlash uchun qo‘shimcha ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilayotganini ta’kidladi. Biroq kelajakda taqiqni yana joriy etish ehtimolini ham istisno etilmagan.

Taqiq davrida istisnolar asrab olish markazi tomonidan alohida ko‘rib chiqiladi va Hellouindan keyin odatdagi parvarishlash so‘rovlari qayta tiklanadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar