Daryo

Tramp Zelenskiyga “Tomahawk” raketalarini berishni rad etdi

Zelenskiy AQSH prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng “Tomahawk” raketalari yetkazib berilishiga umid saqlayotganini aytgan.

1 daqiqa o‘qish1 500 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida, hozircha Ukrainaga uzoq masofaga uchadigan “Tomahawk” qanotli raketalarini yetkazib berish niyati yo‘qligini aytgan.

Bu haqda Axios nashri manbalariga tayanib xabar berdi. Manbalardan biri uchrashuv oson o‘tmaganini, Tramp esa qattiqqo‘l bo‘lganini ta’kidlagan. Yana bir manbaning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv davomida Tramp bir necha keskin bayonotlar qilgan va ayrim paytlarda suhbat ancha hissiy tus olgan.

Shu bilan birga, AQSH prezidenti uchrashuvdan so‘ng o‘tgan muloqotni qiziqarli va samimiy bo‘lganini aytgan. U Kiyev va Moskva tomonlarini urushni to‘xtatish va mavjud holatda kelishuvga erishishga chaqirgan.

O‘z navbatida, Zelenskiy AQSH prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng “Tomahawk” raketalari yetkazib berilishiga umid saqlayotganini aytgan.

“Yaxshi tomoni shuki, prezident Tramp ‘yo‘q’ demadi, ammo bugun u ‘ha’ ham demadi”, — degan Ukraina rahbari NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar