Daryo

Pokiston va “Tolibon” sulhni uzaytirishga kelishdi — Reuters

Agentlik manbalariga ko‘ra, 17-oktyabr kuni Pokiston hukumati va Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga kelishib olgan.

1 daqiqa o‘qish1 943 ko‘rishlar0 izoh1

Pokiston va Afg‘oniston juma kuni 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini Dohada rejalashtirilgan muzokaralar yakunlangunga qadar uzaytirishga kelishib olishdi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Agentlikga ko‘ra, 17-oktyabr kuni Pokiston hukumati va Afg‘onistonda hokimiyat tepasida bo‘lgan “Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishga kelishishgan.

“Pokiston va Afg‘oniston Dohada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar yakunigacha 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini uzaytirishga rozi bo‘ldi”, deyiladi Reuters xabarida.

Manbalarda Pokiston delegatsiyasi allaqachon Dohaga yetib borgan, Afg‘oniston vakillari esa Qatar poytaxtiga 18-oktyabr kuni yetib borishi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston va Pokiston chegarasida olti kun davomi qurolli to‘qnashuv bo‘lib o‘tgan edi. Islomobod Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrining bir qancha hududlariga havodan zarbalar berdi. 15-oktyabr kuni har ikki tomon 48 soatlik o‘t ochishni to‘xtatish va mojaroga o‘zaro suhbat asosida barham berish to‘g‘risida kelishib olishgandi.

Toshkent tumanida tug‘ilganman. Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta'lim olganman. 2024-yil oktyabr oyidan buyon “Daryo”da muxbir lavozimida ishlayman. Asosan tahliliy maqolalar tayyorlash va intervyular bilan shug‘ullanaman. Sevimli filmlarim: “Forrest Gamp”, “Uzuklar hukmdori”, “Anna”, “Shoushenkdan qochish” Sevimli kitoblarim: “O‘tkan kunlar”, “Anna Karenina”, “Tirilish”, “Buyuk shaxmat taxtasi”, “Graf Monta Kristo”.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar