Daryo

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston Urugvayga qarshi 3-bahsda ham mag‘lubiyatga uchradi

O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Ruslanbek Jiyanov esa Urugvay darvozasini ishg‘ol qilgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

1 daqiqa o‘qish2 127 ko‘rishlar0 izoh3

O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Urugvayga qarshi maydonga tushdi. Malayziyaning Melaka shahrida joylashgan “Hang Jebat” stadionida o‘tgan bellashuvda janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

O‘yindagi hisob ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Fokundo Torres tomonidan ochildi. 60-daqiqada Xuan Sanabriya tablodagi natijani 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 82-daqiqaga kelib, O‘zbekiston hisobni bittaga qisqartirdi. Eldor Shomurodov, Hojimat Erkinov hamda Husayn Norchayev tomonidan uyushtirilgan hujumni Ruslanbek Jiyanov gol bilan yakunlab, tablodagi natijani 1:2 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro boshchiligidagi ikkinchi bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bu bellashuv Janubiy Amerikaning kuchli termalaridan biriga qarshi uchinchi o‘yin sifatida tarixda qoldi. Ilgari bo‘lgan ikki uchrashuv — 2018 va 2019 yillarda o‘tkazilgan va har ikkisida ham urugvayliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan. Ruslanbek Jiyanov esa Urugvay darvozasini ishg‘ol qilgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

O‘zbekiston — Urugvay 1:2
Gollar:
 0:1 — Torres (51), 0:2 — Sanabriya (60), 1:2 — Jiyanov (82)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar