Daryo

Andijonda hokim o‘rinbosari 15 ming dollar pora olgan vaqtda ushlandi

U 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni aytgan.

1 daqiqa o‘qish2 058 ko‘rishlar0 izoh0

Andijonda mansabdor shaxs 15 000 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Ma’lum qilinishicha, Marhamat tumani hokimi o‘rinbosari mansab mavqeyidan foydalanib, tuman hududidan o‘tgan katta yo‘l bo‘yida 400 metr uzunlikdagi zovurni yopiq tizimga o‘tkazgan holda, buning hisobiga yuzaga keladigan 60 sotix yer maydonida har biri 30 kv/m bo‘lgan jami 8 ta savdo do‘koni qurish uchun yer ajratish va tegishli hujjatlarni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 15 ming AQSH dollari talab qilgan. Oldindan 200 AQSH dollari olgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari qolgan 14800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Sirdaryo va Navoiyda hokimlik mas’ullari pora bilan ushlangan edi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar