Daryo

Neymar faoliyatini qaysi klubda yakunlashi haqida ma’lumot berildi

34 yoshli futbolchi 2025-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan o‘zining qadrdon “Santos” jamoasiga qaytgan edi.

1 daqiqa o‘qish13 922 ko‘rishlar0 izoh9

Braziliyalik hujumchi Neymar AQSHning “Inter Mayami” klubiga o‘tishni xohlamoqda. U jamoaga 2027-yilda kelib qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Felipe Melo ma’lum qilgan.

Melo futbolchining vakillari bilan bog‘langanini va Neymar 2027-yilning yanvarida “Santos”dan “Inter Mayami”ga o‘tishni istayotganini aytgan. Unga ko‘ra, Neymar Mayami klubida o‘zining “Barselona”dagi sobiq jamoadoshlari — Lionel Messi va Luis Suares bilan yana birga o‘ynashni xohlamoqda. Eslatib o‘tamiz, ushbu trio 2014—2017-yillarda Kataloniya klubi safida umumiy hisobda 363 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Neymar 2025-yilning yanvar oyida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidan o‘zining qadrdon “Santos” jamoasiga qaytgan edi. 

Neymar Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U “pentakampeonlar” tarkibida jami 130 ta o‘yinda ishtirok etib, 80 ta gol muallifiga aylangan. U milliy jamoa safida 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari va 2013-yilgi Konfederatsiyalar Kubogida oltin, 2012-yilgi Olimpiada va Amerika Kubogi-2021 musobaqalarida esa kumush medallarni qo‘lga kiritgan. Futbolchi JCh-2026 musobaqasida ishtirok etib, 2023-yilning oktabridan buyon ilk bor Braziliya terma jamoasi libosida maydonga tushdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar