Daryo

Venesuela AQSH elchixonasi portlatilishining oldini oldi

Nikolas Maduro holatni provokatsiya deb baholab, buning ortida turgan shaxslar tez orada fosh qilinishini ta’kidladi.

1 daqiqa o‘qish1 470 ko‘rishlar0 izoh0

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat poytaxti Karakasdagi AQSH elchixonasiga uyushtirilgan fitnaning oldini olganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, mahalliy terrorchi guruh binoga portlovchi qurilma o‘rnatishga uringan.

Maduro bu holatni AQSH bilan munosabatlardagi tanglikni yanada kuchaytirishga qaratilgan provokatsiya deb atamoqda. U bu hodisa atayin uyushtirilganini ta’kidlamoqda. Prezident bu ma’lumotni o‘zining haftalik bayonotida taqdim etgan.

Uning aytishicha, ikkita manba Karakasdagi AQSH elchixonasida mahalliy terrorchilar tomonidan portlovchi qurilma joylashtirganini bildirgan. Manbalar nomi esa oshkor etilmagan. Venesuela va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etayotgan delegatsiya rahbari Xorxe Rodrigesga ko‘ra, Karakas Vashingtonni bu tahdid haqida ogohlantirgan.

“Biz elchixona xavfsizligini kuchaytirdik. AQSH hukumati bilan qanday ziddiyatlarimiz bo‘lmasin, elchixona himoyasiz qolmaydi”, degan Maduro.​

Maduroning aytishicha, hodisani rejalashtirganlar aniqlangan va hozirda ularni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

“Buning orqasida turgan va buyruq bergan shaxslar tez orada ma’lum qilinadi. Rejaning maqsadi — bizni aybdor qilib ko‘rsatish va mojaroni kuchaytirish”, degan prezident.

AQSH–Venesuela munosabatlari keskinlashmoqda

Venesuela va AQSH o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 2019-yilda keskinlasha boshlagan. Hozirda Qo‘shma Shtatlar elchixonasi faqat cheklangan xodimlar asosida faoliyat yuritmoqda.  So‘nggi haftalarda Qo‘shma Shtatlar harbiylari Venesuelaga tegishli 4 ta qayiqqa giyohvand moddalar tashilayotgani gumoni bilan zarba bergan. Bu hujumlarda 20 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda.

Bu voqealarga javoban Karakas rasmiylari mamlakat quruqlik va dengiz chegaralariga minglab harbiylarni joylashtirgan. Tramp esa Kongressga AQSH narkokartellarga qarshi urushga kirganini bildirgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar