Daryo

Tramp va Si Szinpin qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi

AQSH prezidenti uchrashuv joyini Oq uyda Kanada bosh vaziri bilan bo‘lgan suhbatda ochiqladi.

1 daqiqa o‘qish1 489 ko‘rishlar0 izoh0

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin haftalarda xitoylik hamkasbi Si Szinpin bilan Janubiy Koreyada uchrashishni ta’kidladi. Bu haqda u Oq uyda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

“Men Xitoy rahbari Si bilan yaxshi munosabatdaman. Bir necha haftadan so‘ng u bilan Janubiy Koreyada uchrashaman. Biz uzoq yillardan beri yaxshi aloqadamiz”, degan Tramp.

Tramp shuningdek, Pekin bilan munosabatlarda muvaffaqiyatga erishish uchun Xitoy bilan raqobatlasha olish kerakligini ta’kidlagan. AQSH prezidenti dastlab 1-oktyabr kuni Si Szinpin bilan uch haftadan so‘ng uchrashishini aytgandi.

BBC’ning xabar berishicha, bahor oylarida Xitoy AQSH bosimlariga bo‘ysunmasligini va savdo urushida oxirigacha kurashishini bildirgan. Shu voqea fonida Si Szinpin Yevropa Ittifoqiga murojaat qilib, Vashington tomonidan joriy etilgan boj stavkalariga e’tiroz bildirgan. Tramp esa bunga javoban Xitoyga Boeing samolyotlarini sotishni to‘xtatgan edi.

Keyinroq, AQSH ommaviy axborot vositalari Tramp 70 ta davlat bilan boj siyosati bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib, ularni Xitoyga bosim o‘tkazishga va savdo aloqalarini qisqartirishga undashni rejalashtirayotganini xabar qilgan.

Bunga javoban Xitoy AQSHdan tahdidlar emas, balki muloqot va muzokaralar orqali muammolarni hal qilishni talab qilgan. Shundan so‘ng Pekin Vashington mahsulotlariga qo‘yilgan 125 foizlik boj stavkasini ayrim tovarlar uchun bekor qilgan.

So‘ngra, Qo‘shma Shtatlar ham Xitoydan import qilinadigan arzon tovarlar uchun boj imtiyozlarini bekor qilgan. Iyul oyining oxirida esa ikki davlat o‘rtasida savdo bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgan va Amerika tomoni ushbu kelishuv doirasida Xitoyga nisbatan ayrim cheklovlarni bekor qilishga rozi bo‘lgan. Lekin haligacha ikki davlat o‘rtasida savdo bojlari borasida aniq kelishuvga erishilmagan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar