Daryo

Hindistondagi ko‘chkilarda kamida 23 nafar aholi halok bo‘ldi

Rasmiylar Darjilingda qurbonlari orasida sayyohlar ham bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 860 ko‘rishlar0 izoh0

Hindistonning sharqiy G‘arbiy Bengaliya shtatida, jumladan, mashhur sayyohlik hududi Darjilingda ham kuchli yomg‘irlar tufayli bir qator ko‘chkilar yuz berdi. Oqibatda kamida 23 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Press Trust Of India agentligi xabar berdi.

“Hozirga qadar halok bo‘lganlarning umumiy soni 23 kishini tashkil etmoqda”, deydi Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy markazi vakili.

​Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor.

Mahalliy hokimiyatning baholashicha, jalalar ushbu mintaqada so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli ko‘chkilardan birini keltirib chiqargan. Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab aholi punktlari zarar ko‘rgan, asosiy avtomobil yo‘llari to‘silgan. Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan joyda qutqaruv xizmatlari ish olib bormoqda. Bir necha kishini vayronalar ostidan qutqarishga erishilgan.

Rasmiylar Darjilingda qurbonlar orasida sayyohlar ham bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.  Hindistonning Kolkata shtati poytaxti va boshqa shaharlaridan minglab dam oluvchilar Durga-Puja bayramini nishonlash uchun ushbu sayyohlik markaziga tashrif buyurishgan. Qutqaruvchilar jabrlangan hududlardan sayyohlarni xavfsiz evakuatsiya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Meteorologlar yaqin kunlarda G‘arbiy Bengaliyaning tog‘li hududlarida yana ko‘chkilar va suv toshqinlari yuz berishi ehtimoli yuqoriligidan ogohlantirmoqda. Rasmiylar aholi va sayyohlarga tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga bormaslikni va ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya etmoqda.

Bundan avval G‘arbiy Bengaliyaga qo‘shni Nepalda ham kuchli yomg‘irlar tufayli yuzaga kelgan ko‘chkilar va suv toshqinlari oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar