Daryo

Xitoy quyosh panellarining samarasizligi tufayli katta zarar ko‘rmoqda

Avgust oyida idora kompaniyalarni sohaning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga undagan. Sektor ortiqcha mahsulot tufayli narxlarni sun’iy pasaytirishdan voz kechishi lozim.

1 daqiqa o‘qish2 164 ko‘rishlar0 izoh5

Xitoy Sanoat vazirligi quyosh energetikasi sohasidagi kompaniyalarga ortiqcha quvvatlarni qisqartirishni buyurdi. Vazirlik biznesning tartibga solishni kuchaytirishi va haddan tashqari raqobatni pasaytirishini kutmoqda.

Avgust oyida idora kompaniyalarni sohaning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga undagan. Sektor ortiqcha mahsulot tufayli narxlarni sun’iy pasaytirishdan voz kechishi lozim.

Xitoy hukumati ortiqcha ishlab chiqarish savdo hamkorlari bilan munosabatlarda ham taranglikni keltirib chiqarishidan xavotirda, chunki kompaniyalar ortiqcha mahsulotlarni chet elga sotishga urinmoqda.

Wind moliyaviy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning birinchi yarmida Xitoyning oltita yirik quyosh paneli elementlari va panellari ishlab chiqaruvchilarining zarari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga - 20,2 milliard yuanga (2,8 milliard AQSH dollari) oshgan.

Natixis ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda Xitoy zavodlari 588 gigavatt quyosh batareyalarini ishlab chiqargan. Bu ham ichki (277 gigavatt), ham tashqi talabdan (174 gigavatt) ortiq. Shu bilan birga, zavodlar atigi 54% quvvat bilan ishlagan.

Xitoy jahon quyosh batareyalari ishlab chiqarishning taxminan 90 foizini ta’minlaydi. Mamlakat rahbariyati import qilinadigan qazilma yoqilg‘iga qaramlikni kamaytirish va uni o‘zining qayta tiklanadigan energiyasi bilan almashtirish niyatida edi, ammo daromadlarning pasayishi Pekinning narxlarni sun’iy pasaytirish va ortiqcha ishlab chiqarishni to‘xtata olmasligini ko‘rsatgan.

Osiyo mamlakatlari, jumladan, Xitoy, ko‘mir elektr stansiyalarini qurishda davom etmoqda. Quyosh va shamol energiyasi arzonlashmoqda, ammo kutilmagan vaziyatlar uchun uning zaxirasini yaratish juda qiyin. Shamol generatorlari va fotoelementlar texnik jihatdan quyosh yoki shamol energiyasini ikki haftaga zaxiralay olmaydi. Akkumulyator sifatida tashqi litiyli batareyadan foydalanish mumkin, lekin bu juda qimmatga tushadi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar