Daryo

O‘zbekiston terma jamoasining Kuvayt va Urugvayga qarshi bahs uchun qaydnomasi ma’lum

Bosh murabbiy Temur Kapadze mazkur yig‘in uchun 27 futbolchini chaqirdi.

1 daqiqa o‘qish1 647 ko‘rishlar0 izoh2

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 6-oktyabrdan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoa oktyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi kutilmoqda. Bosh murabbiy Temur Kapadze mazkur yig‘in uchun 27 futbolchini chaqirdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Oktabr oyidagi yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”), Botirali Ergashov (“Neftchi”), Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);

Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Muhammadrasul Abdumajidov (“Paxtakor”), Dilshod Sayitov (“Paxtakor”);

Yarim himoyachilar: Akmal Mozgovoy (“Baniyas”, BAA), Abdurauf Bo‘riyev (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Azizjon G‘aniyev (“Al Bateh”, BAA), Umarali Rahmonaliev (“Sabah”, Ozarbayjon), Hojimat Erkinov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Abbosbek Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (“OKMK”), Anvar Hojimirzayev (“Dinamo”);

Hujumchilar: Rustam Turdimurodov (“Surxon”), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Igor Sergeyev (“Paxtakor”).

Foto: O‘FA

O‘tkir Yusupov (“Fulad”, Eron), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Husniddin Aliqulov (“Rizespor”, Turkiya), Diyor Holmatov (“Paxtakor”) va Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron) kabi futbolchilar jarohat sabab yig‘inga chaqirilmadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 9-oktyabr kuni Toshkentda Kuveyt teram jamoasiga qarshi bahs olib borsa, 13-oktyabr kuni Malayziyada Urugvay bilan o‘ynaydi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar