Daryo

“Inter” — “Barselona” uchrashuvida milanlik muxlisning yurak urishi to‘xtab qolgan

Voqea uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish6 984 ko‘rishlar0 izoh0

Milanning “Inter” klubining ashaddiy muxlislaridan biri Chempionlar Ligasi yarim final javob o‘yinida yurak urishi to‘xtab qolishi sababli shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan. Bu haqda FCInter1908 nashri xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, voqea “Inter” va “Barselona” o‘rtasidagi (4:3) uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘lgan. Taxminan 40 yoshdan oshgan erkak hushini yo‘qotib, yerga qulagan. Hodisa joyida unga shifokorlar tomonidan zudlik bilan tez-tibbiy yordam choralari ko‘rilgan va uning yurak urishi tiklangan.

Shundan so‘ng bemor farmakologik koma holatiga tushgan va shifoxonaga olib ketilgan. Bugun, 8 may kuni u hushiga kelishi taxmin qilinmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, milanliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:6 hisobida g‘alaba qozonib, dastlabki finalchiga aylandi. Hal qiluvchi bahsda “PSJ” bilan to‘qnash keladi. Uchrashuv 31-may kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar