Daryo

Xabi Alonso “Real” rahbariyatidan bir futbolchini sotishni talab qilmoqda

Ammo fransiyalik himoyachining jarohati transferni amalga oshishini qiyinlashtirishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish1 337 ko‘rishlar0 izoh9

Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi qishki transfer oynasi vaqtida jamoasini almashtirishi mumkin. Fichajes nashrining xabariga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Xabi Alonso rahbariyatdan futbolchini boshqa jamoaga sotib yuborishni so‘ragan.

Alonsoning fikricha, chap qanotda hujumga faol qo‘shiladigan futbolchi kerak. Mendi esa bunday qobiliyatga ega emas. Shu sababli, klub yozgi transfer oynasida Alvaro Karrerasni xarid qildi. Shuningdek, Fran Garsiya ham kutilganidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Shu bois klub Ferlan bilan xayrlashishni istamoqda.

Ayni paytda futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan klublar yo‘q. Biroq taklif tushsa, "Real" uni transfer qilishga tayyor. Ammo Ferlan jarohat sabab uzoq vaqtdan beri maydonga tushgani yo‘q. Shu bois ko‘plab klublar uni sotib olishni istamayapti.

Ma’lumot uchun, Mendi 2019-yildan ber “Real” sharafini himoya qiladi. U hozirga qadar klub tarkibida 201 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Mendi transfer narxini 14 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar