O‘zbekiston Superligasi 23-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “OKMK” jamoalari o‘rtasidagi bahs 26-sentyabr, juma kuni Andijondagi “Bobur Arena” stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda maydon egalari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 30-daqiqada Usmonali Ismonaliyev tomonidan kiritildi. Mazkur g‘alabadan keyin “Andijon” 25 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasidan joy olgan bo‘lsa, 40 ochkosi bor “OKMK” 4-o‘rinni egallav turibdi.
O‘zbekiston Superligasi
23-tur
“Andijon” — “OKMK” 1:0
Gol: 1:0 — Ismonaliyev (30)








