Daryo

“Putin va Zelenskiyning tayyorgarliksiz uchrashuvi shunchaki piar aksiyaga aylanib qolgan bo‘lardi” — Peskov

Rossiya rahbari matbuot kotibi Kiyev muzokaralar doirasida ishchi guruhlarni tashkil etishga xohish bildirmaganini qo‘shimcha qilgan. Bundan tashqari, Kiyevning Shveysariya yoki Avstriyada uchrashuv o‘tkazish takliflarini tanqid qilib, ularni maqbul bo‘lmagan variantlar deb atagan.​

1 daqiqa o‘qish710 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvga hali ham roziligini, biroq tayyorgarliksiz bu “muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘lgan piar aksiya” bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBK radiosiga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Putin o‘z nuqtayi nazarini aniq ifodaladi. U uchrashuvga tayyor ekanligini bildirdi. Ammo Putin tomonlar “uy vazifasini” bajarib, ekspertlar darajasida tayyorgarlik ko‘rilgandan so‘ng uchrashishning ma’nosi borligini ta’kidladi. Tayyorgarliksiz uchrashuv esa ko‘proq muvaffaqiyatsizlikka mahkum bo‘lgan piar aksiya bo‘lishi mumkin”, dedi Kreml vakili.

​Peskov juda ko‘p masalalarni hal qilish zarurligi haqida eslatgan.

“Bu yerda qishloq diskotekasi bo‘layotgani yo‘q-ku? Bu muhokama qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga olgan muammo. Va ularning yarmini ikki tomonlama darajada emas, balki aynan AQSH ishtirokida muhokama qilish kerak: xavfsizlik kafolatlari, kelajakdagi xavfsizlik tizimi. Keyinchalik yevropaliklar ishtirokida ham”, dedi u boshlovchining so‘zlarini takrorlab.

Shuningdek, u Kiyev muzokaralar doirasida ishchi guruhlarni tashkil etishga xohish bildirmaganini qo‘shimcha qilgan.

Bundan tashqari Kiyevning Shveysariya yoki Avstriyada uchrashuv o‘tkazish takliflarini tanqid qilib, ularni maqbul bo‘lmagan variantlar deb atagan.​

​Bundan avval Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy FoxNews telekanaliga bergan intervyusida rossiyalik hamkasbi bilan Qozogʻistonda uchrashishga tayyorligini maʻlum qilgandi.

Avgust oyi oxirlarida Putin uchrashuvni Moskvada o‘tkazishni taklif qilgandi, Zelenskiy Ukrainaga hujum qilayotgan mamlakat poytaxtiga bormasligini ta’kidlagan. Siyosatchi buning oʻrniga Kiyevda uchrashishni ilgari surgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar