Daryo

Zelenskiy Putinga Qozogʻistonda uchrashishni taklif qildi (video)

Ukraina prezidenti uchrashuv maydonlari sifatida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Avstriya va Shveysariyani ham ilgari surgan.

1 daqiqa o‘qish1 110 ko‘rishlar0 izoh2

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Qozogʻistonda uchrashishga tayyorligini aytdi. Bu haqda siyosatchi FoxNews telekanaliga bergan intervyusida maʻlum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchrashuv maydonlari sifatida Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, neytral Yevropa davlatlari Avstriya va Shveysariyani taklif qilgan.

“Agar xohlasangiz, masalan, Qozog‘istonda”, degan Zelenskiy.

Maʻlumot oʻrnida, 23-sentyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev BMT Bosh Assambleyasi doirasida Zelenskiy bilan uchrashdi. Qozog‘iston rahbari Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni davom ettirish tarafdori ekanini aytdi. Zelenskiyning aytishicha, ular savdo-iqtisodiy hamkorlik va Qozog‘iston biznesining Ukrainani tiklashga qiziqishini ham muhokama qilgan.

“Qozog‘istonga Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman”, degan Ukraina rahbari.

Putin uchrashuvni Moskvada o‘tkazishni taklif qilgandi, Zelenskiy Ukrainaga hujum qilayotgan mamlakat poytaxtiga bormasligini ta’kidlagan. Siyosatchi buning oʻrniga Kiyevda uchrashishni ilgari surgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar