Daryo

Zelenskiy Qozogʻiston prezidenti bilan uchrashdi (video)

”Qozog‘istonga Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildiraman”, dedi Ukraina rahbari

1 daqiqa o‘qish2 053 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy qozogʻistonlik hamkasbi Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashganini ma’lum qildi. Bu haqda siyosatchi oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

Zelenskiy oʻz bayonotida Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun Qozogʻistonga minnatdorlik bildirdi.

”Endilikda asosiy vazifa - adolatli va uzoq muddatli tinchlikka, xavfsizlikning ishonchli kafolatlariga erishishdan iborat. Ukraina, AQSH, Yevropa va dunyodagi boshqa hamkorlarning bu urushni tugatish va qotilliklarni to‘xtatish borasidagi sa’y-harakatlari batafsil muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik, Qozog‘iston kompaniyalarining Ukrainani tiklashda ishtirok etishdan manfaatdorligi masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Qozog‘istonga Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman”, dedi Zelenskiy.

Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmati bayonoti

Uchrashuv BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida boʻlib oʻtgan. Unda yetakchilar ikki tomonlama iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan.

“Qozog‘iston prezidenti ushbu o‘ta murakkab vaziyatda mojaroni to‘xtatish yo‘llarini izlash maqsadida diplomatik ishlarni davom ettirish kerak, degan fikrni bildirdi”,

deydi Toʻqayevning matbuot xizmati.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar