Daryo

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki guruhi prezidenti bilan uchrashdi

Mamlakatimiz bankning Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Qoʻshma loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi.

1 daqiqa o‘qish1 802 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ajay Bangani bank faoliyatidagi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muvaffaqiyatli islohotlar bilan tabrikladi. Jahon banki rahbari ham Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha natijalarini yuqori baholadi.

Jahon banki guruhi bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Keyingi yillarda ushbu global moliyaviy institut bilan, eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar doirasidagi ustuvor dastur va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishda hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatimiz bankning Yevropa va Markaziy Osiyodagi eng yirik hamkorlaridan biridir. Qoʻshma loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi. Toshkentda Jahon bankining mintaqaviy ofisi ochildi. Yaqinda Namangan shahrida oʻtgan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” III xalqaro forumi yakunlari yuksak baholandi.

Davlatimiz rahbari amaldagi Sheriklik dasturida asosiy eʼtiborni barqaror oʻsishni taʼminlashga, loyihalarni jadal, sifatli va samarali amalga oshirishga qaratish muhim ekanini taʼkidladi.

Kambagʻallikka qarshi kurashish, xotin-qizlar va yoshlar uchun ish oʻrinlari yaratish, yangi “Namunali mahalla” modeli asosida hududlarni kompleks rivojlantirish, qishloq infratuzilmasi, xususiy sektor loyihalarini qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish masalalarida ekspertlik koʻmagi, iqtisodiyotni karbonsizlashtirish va moliya sohasini transformatsiya qilish strategiyasini amalga oshirish kabi yoʻnalishlar ustuvor etib belgilandi.

Bank Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik infratuzilmaviy loyihalarni ilgari surishda ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar