Daryo

Samarqand va Qo‘qon shaharlari internet tezligida Toshkentni ortda qoldirdi

​​Ma’lumotlarni mobil internet orqali yuklab olish tezligi Samarqandda kuzatilgan bo‘lsa, kompyuter orqali Qo‘qon shahri yetakchilik qilgan.

1 daqiqa o‘qish1 067 ko‘rishlar0 izoh1
​Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtestnet sayti 2025-yilning birinchi yarmi hisob kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi eng yuqori bo‘lgan hududni aniqladi.Portal ma’lumotlariga ko‘ra, mobil internet bo‘yicha internetdan eng yuqori yuklab olish tezligi Samarqandda kuzatildi — 66,88 Mbps. Keyingi o‘rinlarda Toshkent va Urganch joy oldi. Namanganda yuklab olish tezligi eng past ko‘rsatkichda 35,84 Mbps. Undan oldingi o‘rinlarda Andijon va Qo‘qon shaharlari qayd etildi.

Manba: OOKLA
Viloyatlar kesimida ham Samarqandda boshqa hududlardan yuqoriroq tezlik qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda — Buxoro va Navoiy hududlari. O‘zbekistonda kompyuter orqali yuklab olishda eng yuqori tezlik Qo‘qonda kuzatildi 90,59 Mbps. Ikkinchi o‘rindan Samarqand, uchinchi o‘rindan esa Toshkent joy oldi.
Foto: OOKLA

 

Ro‘yxatning oxirida eng past o‘rtacha yuklab olish tezligi bilan Urganch shahri 61,94 Mbps ko‘rsatkich bilan joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarda Qarshi va Nukus joylashdi.

Viloyatlar kesimida Toshkent birinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, Samarqand va Buxoro keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Bu bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan.

Speedtest’ning tarmoq samaradorligi haqidagi hisobotlari har bir hududdagi internet sifatini to‘liq aks ettirish uchun foydalanuvchilar tomonidan kuniga millionlab marotaba o‘tkaziladigan testlarga asoslanadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar