Daryo

Yaponiya AQSHning talabini rad etib, Rossiya neftini xarid qilayotgan davlatlarga bojlarni oshirmaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp G7, NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlariga Xitoy va Hindistonga qarshi bojlarni oshirish taklifi bilan chiqqan edi. Biroq bu tashabbusni hozircha birorta davlat qo‘llab-quvvatlamadi.

1 daqiqa o‘qish1 357 ko‘rishlar0 izoh4
Yaponiya AQSHning talabini rad etib, Rossiya neftini sotib olayotgan davlatlarga qarshi bojlarni oshirmasligini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Katsunobu Kato bayonot berdi.

Katoning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiya Jahon savdo tashkiloti (JST) doirasidagi majburiyatlariga qat’iy amal qiladi. Shu sababli Tokio JST belgilagan limitlardan yuqori boj joriy qilmaydi va barcha a’zo davlatlarga nisbatan adolatli munosabatda bo‘ladi.

“Biror davlatga Rossiya neftini import qilayotgani uchun bojlarni 50 foizga oshira olmaymiz”, degan Kato.

Vazir Tokio Rossiyaga bosim o‘tkazishning boshqa samarali choralarini ko‘rib chiqayotganini va bu borada Katta yettilik mamlakatlari bilan harakatlarini muvofiqlashtirayotganini qo‘shimcha qildi.

Bloomberg’ning yozishicha, AQSH G7 davlatlariga Rossiya neftini xarid qilayotgan Xitoy va Hindistonga nisbatan 50 foizdan 100 foizgacha boj joriy etishni taklif qilgan. Biroq hozircha G7 mamlakatlaridan hech biri Trampning bu chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatlamagan.

AQSH prezidenti Tramp NATO davlatlari Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatsa, Moskva qarshi jiddiy sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini aytgan. U Rossiyadan energiya xarid qilish alyansning urushni tugatish borasidagi pozitsiyasini zaiflashtirmoqda, deb hisoblaydi. Shuningdek, Tramp Xitoy mahsulotlariga yuqori boj qo‘yilishi ham urushning tezroq tugashiga yordam berishiga ishonadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar