Daryo

Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega ochkolar hisobiga mag‘lub bo‘ldi

12 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, yaponiyalik bokschining qo‘li baland keldi.

1 daqiqa o‘qish1 789 ko‘rishlar0 izoh20

Ikkinchi yengil vazn toifasida jahonning mutlaq chempionligi uchun kechgan Naoya Inoue hamda Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang 14-sentyabr, yakshanba kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi “IG arena” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. 12 raund davom etgan bahsda yaponiyalik sportchi ochkolar hisobiga g‘alaba qozondi.

Jangning dastlabki uch raundi nisbatan teng kurashlar ostida o‘tdi. To‘rtinchi raunddan boshlab Ahmadaliyev hujumkorlikni oshirdi va faol zarbalar yo‘lladi. Beshinchi va oltinchi raundlarda ikki bokschi ham tashabbus uchun kurashdi. Yettinchi raundda Ahmadaliyev bir necha aniq zarbalar bilan raqibiga bosim o‘tkaza oldi.

Sakkizinchi va to‘qqizinchi raundlar ochiq jang tarzida o‘tdi. Inoue esa qarshi hujumlar orqali ustunlikni saqlab qoldi. So‘nggi uch raund — o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi raundlarda har ikki bokschi chempionlikka xos kurash olib bordi, biroq yakunda g‘alaba Inouega nasib etdi.

Shu tariqa, yaponiyalik charm qo‘lqop ustasi mutlaq jahon chempioni nomi bilan birga WBC, WBA, IBF, IBO va The Ring kamarlari ham o‘zida saqlab qoldi.

Ushbu jang Murodjon Ahmadaliyev uchun professional faoliyatidagi 17-jang bo‘ldi. U bunga qadar 16 jangda ishtirok etib, 15 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan edi. Bu esa uning ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Naoya Inoue esa bunga qadar professional ringdagi 30 jangining barchasida zafar quchgan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar