Daryo

Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari guruh bosqichidagi raqiblari aniqlandi

Turnir joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Yaponiyaning Nagoya shahrida oʻtkaziladi.

1 daqiqa o‘qish3 851 ko‘rishlar0 izoh2

Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Yaponiyaning Nagoya shahrida oʻtkaziladigan yozgi Osiyo oʻyinlarining jamoaviy sport turlariga qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unga koʻra, futbol boʻyicha Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi С guruhidan joy oldi.

Futbolchilarimiz guruhda Vyetnam, Filippin va Kuvayt bilan bahs olib borishadi.


Foto: O‘FA

Shuningdek, mazkur musobaqada O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Katrina Kulbite shogirdlari G guruhidan joy olishdi.

Ular guruhda Xitoy, Filippin va Gonkong terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar