Daryo

Pep Gvardiola “Manchester Siti”dagi kelajagi haqida gapirdi

“Agar o‘zgarish kerak bo‘lsa, jamoada bir kun ham qolmayman”, deydi ispaniyalik mutaxassis.

1 daqiqa o‘qish839 ko‘rishlar0 izoh2

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premyer Ligasi 4-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs oldidan o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi.

“Ko‘p marotaba aytganman — kelajakni oldindan bilmayman. Natijalar hammasini belgilaydi. Men yaxshi mavsum o‘tkazishim kerak. Agar klub o‘zgarishlarga muhtojligini sezsam, bir kun ham qolmayman. Ammo hozir har qachongidan ham bu ishni davom ettirishni xohlayapman”, dedi Gvardiola.
​

Shuningdek, ispaniyalik mutaxassis “Siti”dagi uzoq yillik faoliyatini faxr bilan eslab o‘tdi:

“Men bu yerga kelib, atigi 3 yillik shartnoma imzolagandim. O‘shanda 10 yil qolaman, deb o‘ylamaganman. Endi esa bu bilan faxrlanaman. Jamoa va klubga yana yordam berishni istayman”.
​

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016-yil yozidan buyon “Manchester Siti” klubini boshqarib kelmoqda. U hozirga qadar “shaharliklar” bilan Chempionlar Ligasi, Angliya Premyer Ligasi, mamlakat kubogi va Superkubogi kabi ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Mutaxassisning “Siti” bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar