Daryo

Superliga. “Nasaf” “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Mazkur bellashuv Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qish1 231 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Buxoro” uchrashuvi 10-sentyabr, chorshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda qarshiliklar raqib ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Hisob 13-daqiqada Husayn Norchayev tomonidan ochildi. 25-daqiqada Yusuf Otubanjo farqni ikkitaga yetkazdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Sharof Muhitdinov jarima zarbasidan gol urib, hisobni yiriklashtirdi. 30-daqiqada Otubanjo “Nasaf”ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim boshlarida esa Dragan Cheran “ajdarlar”ning beshinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, “Nasaf” o‘z maydonida “Buxoro”ni 5:0 hisobida taslim etdi. Qarshiliklar hozirda 46 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. “Buxoro” esa 17 ochko bilan 15-pog‘onada qolmoqda.

O‘zbekiston Superligasi
21-tur
 

10-sentyabr, chorshanba

“Nasaf” — “Buxoro” 5:0
Gollar: 1:0 Norchayev (13), 2:0 — Otubanjo (25), 3:0 — Muhitdinov (28), 4:0 — Otubanjo (30), 5:0 — Cheran (47).

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar