Daryo

“Ai-80 benzinidan voz kechilishi narxlarni oshiradi” — Timur Ishmetov

Markaziy bank raisi bu holat inflyatsiyaga taʼsir qilishini tushuntirdi. Benzin narxlarni oshiruvchi asosiy tovarlar qatorida turishi taʼkidlandi.

1 daqiqa o‘qish1 398 ko‘rishlar0 izoh5

Oʻzbekistonda 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab Ai-80 benzinini ishlab chiqarish va birjada sotish toʻxtatildi. Bugun, 11-sentyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida buning narxlarga taʼsiri haqida soʻraldi.

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov “Daryo” muxbiri savoliga javoban, Ai-80 benzinidan voz kechilishi inflyatsiyani oshiruvchi omil ekanini aytdi.

“Ai-80 benzinini ishlab chiqarishni toʻxtatish masalasi bir necha yildan beri choʻzilayotgandi. Qachondir shunday boʻlishi kerak edi. Albatta, ishlab chiqarish toʻxtatilishining inflyatsiyaga taʼsir bor. Hozirgi inflyatsiya statistikasiga, yaʼni narxlarni oshiruvchi asosiy omillar qatorida benzin yoqilgʻisi ham bor. Bu oʻrta muddatda xatar keltiruvchi yoʻnalishlardan hisoblanadi. Ayniqsa, narxlar oshishi masalasi koʻproq inflyatsion kutilmalarda ham saqlanib qolyapti”, dedi Markaziy bank rahbari.

Timur Ishmetov joriy yil yakunida kutilayotgan inflyatsiya boʻyicha prognoz yangilanganini ham maʼlum qildi. Qayd etilishicha, 2025-yil oxiriga kelib yillik inflyatsiya darajasi 8,7 foiz boʻlishi kutilmoqda. Yanvar oyida bu koʻrsatkich 7−8 foiz, birinchi chorak yakunida esa 8 foiz boʻlishi prognoz qilingandi. Biroq hozirgi kutilmalar avvalgilaridan yomonlashgan. 

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar