Daryo

“Isroilni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatamiz” — Yevrokomissiya raisi

Ursula fon der Lyayen Isroil bo‘yicha bir qator bayonotlar berdi. Mamlakatning “ekstremist vazirlari”ga va “zoʻravon yahudiy koʻchmanchilariga” qarshi sanksiyalar joriy etiladi.

1 daqiqa o‘qish956 ko‘rishlar0 izoh5

Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen Isroil bo‘yicha bir qator bayonotlar berdi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

U Yevroparlament deputatlari oldida Isroil bilan tuzilgan bitimni qisman to‘xtatib turishni taklif qildi.

“Isroilga ko‘rsatilayotgan ikki tomonlama yordamni Isroil fuqarolik jamiyati bilan aloqalarga ta’sir qilmagan holda to‘xtatamiz, bu yo‘nalishlardagi barcha to‘lovlarni bekor qilamiz”, dedi u.

​Shuningdek, siyosatchi “Isroilning ekstremist vazirlari va zo‘ravonlikka qo‘l uruvchi manzilgohlar aholisi”ga, ya’ni yahudiy koʻchmanchilariga qarshi sanksiyalar joriy etishni ilgari surdi.

“Bundan tashqari, savdo masalalari bo‘yicha assotsiatsiya bitimining amal qilishini qisman to‘xtatib turishni ham taklif etamiz”, degan u.

Yevrokomissiya oktyabr oyida Falastin donorlar guruhini tuzishi kutilmoqda.

“Kelgusi oyda biz G‘azoni tiklash uchun maxsus vositani o‘z ichiga olgan Falastin donorlar guruhini shakllantiramiz. Bu mintaqaviy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan xalqaro tashabbus bo‘ladi”, deya ta’kidlagan Lyayen.
​

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar