Daryo

Ota qiziga jigarini berib, xarajatni tejash uchun o‘zi uyda davolandi

Xitoylik qizaloqda tug‘ma jigar kasalligi va sirroz aniqlangan. Uning sog‘lig‘i kutilmaganda og‘irlashgach, jigar ko‘chirib o‘tkazish yagona chora bo‘lib qolgan. Natijada ota o‘z jigarining bir qismini qiziga topshirgan.

1 daqiqa o‘qish1 121 ko‘rishlar0 izoh5

Xitoyda ota qizini qutqarish uchun jigarining bir qismini berdi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida operatsiyadan keyin uyida mustaqil davolandi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

2000-yilda tug‘ilgan Shen va uning rafiqasi Tao 2024-yilda oila qurgan. Ko‘p o‘tmay ularning qizi Yiyi dunyoga kelgan. Ammo chaqaloq tug‘ilgach, unda doimiy sarg‘ayish belgilari kuzatilgan. Bir nechta shifoxonalarda o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, Yiyida tug‘ma jigar kasalligi va sirroz aniqlangan. Dastlab shifokorlar qizning ahvoli unchalik og‘ir emasligini aytib, konservativ davolashni tavsiya qilgan.

Biroq qizning sog‘lig‘i kutilmaganda og‘irlashib, jigar ko‘chirib o‘tkazish yagona chora bo‘lib qolgan. 13-avgust kuni ota o‘z qiziga jigarining bir qismini o‘tkazgan. Ammo oilada katta moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Davolanish xarajatlari 100 ming yuandan (14 ming dollar) oshgan.

Shen xarajatlarni kamaytirish uchun operatsiyadan yarim oy o‘tmay uyiga qaytib, mustaqil ravishda davolanishga kirishgan. U ijaradagi uyida o‘zi bog‘lamlarini almashtirib davolangan. Shuningdek, kunlik mayda ishlar bilan shug‘ullana boshlagan. Hozirda qizning sog‘ligi yaxshilanmoqda. Shifokorlar u tez orada kasalxonadan chiqarilishi mumkinligini aytgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar