Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 3-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan edi. Mazkur uchrashuv tugagach Kimning qo‘riqchilari u tegingan barcha narsalarni olib ketdi, xonada qolganlarini esa artib qo‘ydi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Tahlilchilarning aytishicha, bunday harakatlar chet el josuslariga qarshi kurashish va Kimning sog‘lig‘i haqidagi har qanday ma’lumotni yashirishga qaratilgan. Bunday protokol Shimoliy Koreya rahbarning otasi davridan beri amal qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Pekindagi muzokaralardan so‘ng Kim Chen In o‘tirgan stul artilib, suv ichgan stakani olib ketilganini ko‘rish mumkin.
“Ular KXDR rahbari ichgan stakanni olib ketdi, o‘rindiq qoplamasini va Koreya yetakchisi tegib o‘tgan mebel qismlarini artib chiqdi”, degan Kreml muxbiri Aleksandr Yunashev.
“Bunday choralar Kremlning Putin sog‘lig‘i haqida ma’lumotlarni yashirishga va davolanish izlarini sir saqlashga intilayotganidan darak beradi”, deb yozadi nashr.








