Daryo

Pekinda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Rossiya prezidentlari qator sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalarinini muhokama qilgan

1 daqiqa o‘qish817 ko‘rishlar0 izoh3
Bugun, 2-sentyabr kuni Xitoyning Pekin shahrida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, suhbat avvalida Rossiya yetakchisi Oʻzbekiston rahbari va koʻp millatli xalqini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklab, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tilagan.

“Ilgariroq boʻlib oʻtgan oliy darajadagi muloqotlar chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekiston – Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik surʼatini saqlab qolishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish muhim ekani taʼkidlandi”, deyiladi manbada.
​

Foto: “Daryo” / Madina Nurman 

Uchrashuvda iqtisodiyot tarmoqlarida loyihalarni tayyorlash hamda amalga oshirishni jadallashtirish, hududlar oʻrtasida va tashkil etilgan qoʻshma sanoat parklari doirasida kooperatsiya aloqalarini ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Gumanitar sohada, eng avvalo, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim yoʻnalishlarida samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi”, deya xabar qilgan matbuot xizmati.
​

Shu bilan birga, prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Farg‘onadanman. Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlaganman. “Daryo”da 2022-yildan beri muxbirman. Iqtisodiy-siyosiy voqealarni yoritib boraman. Yoqtirgan kinolarimdan biri — “Shoushenkdan qochish”. Oxirgi o‘qilgan kitoblardan iqtisodchi olimlar Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinson hammuallifligidagi “Mamlakatlar tanazzuli sabablari…” kitobi yoqdi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar