Angliya Premer Ligasi yozgi transferlar oynasi vaqtida yangi rekord o‘rnatdi. BBC nashri xabariga ko‘ra, APL klublari 16-iyundan 1-sentyabrga qadar xaridlar uchun umumiy hisobda 3,57 milliard yevro sarflagan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,3 milliard yevroga ko‘p.
Shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isak yozning eng qimmat transferiga aylandi. Futbolchi “Nyukasl”dan “Liverpul”ga naqd 144 million yevroga o‘tdi. Shuningdek, mersisaydliklar “Bayer”dan Florian Virtsni ham katta summa evaziga sotib oldi. Qolaversa, Angliya Premyer Ligasining boshqa jamoalar — “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Arsenal” kabilar ham transfer uchun katta summa sarflagan.| Jamoa nomi | Xarajat summasi |
| “Liverpul” | 486 million yevro |
| “Chelsi” | 333 million yevro |
| “Arsenal” | 298 million yevro |
| “Nyukasl” | 292 million yevro |
| “Manchester Yunayted” | 252 millon yevro |
| “Nottingem Forest” | 239 million yevro |
| “Tottenhem” | 211 million yevro |
| “Sanderlend” | 189 million yevro |
| “Manchester Siti” | 177 million yevro |
Mutaxassislarning fikricha, Angliya Premyer Ligasi klublarining bu darajadagi katta xarajatlari nafaqat ularning moliyaviy qudratini, balki jahon futbol bozoridagi kuchayib borayotgan raqobatni ham aks ettiradi. Yangi mavsumdagi chempionlik uchun kurash esa oldingi yillarga qaraganda yanada qizg‘in kechishi kutilmoqda.








